date

2027 yilgi U-20 Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tadi

2027 yilgi U-20 Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tadi

FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishida 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining mezbonlari aniqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar o‘rtasidagi Mundialning mezbonlari sifatida tan olindi.

Bu musobaqa FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro futbol sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, ko‘plab yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qildi. 2024-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etildi.

2027-yilda dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari O‘zbekiston va Ozarbayjonga to‘planishadi. Yurtimiz har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi va professional yondashuvi bilan butun dunyo e’tiborini qozonishga tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2027 yilgi U-20 Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tadi