date

O‘zbekistonning Kuvayt va Urugvayga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekistonning Kuvayt va Urugvayga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasi 6 oktyabr kuni navbatdagi yig‘inga kirishadi. Hozircha Temur Kapadze boshqarayotgan jamoa FIFA kunlarida ikki o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt mehmon bo‘ladi, 13 oktyabr sanasida esa «oq bo‘rilar» Malayziyada ikki karra jahon chempioni Urugvayga qarshi o‘ynashadi.

Ushbu ikki o‘yin uchun quyidagi tarkib e’lon qilindi.

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev («Neftchi»), Vladimir Nazarov («Paxtakor»);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov («Istiqlol», Eron), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), Farrux Sayfiyev («Neftchi»), Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Alibek Davronov («Nasaf»), Jahongir O‘rozov («Dinamo»), Muhammadrasul Abdumajidov («Paxtakor»), Dilshod Saitov («Paxtakor»);

Yarimhimoyachilar: Akmal Mozgovoy («Baniyas», BAA), Abdurauf Bo‘riyev («Paxtakor»), Odil Hamrobekov («Traktor», Eron), Aziz G‘aniyev («Al Bateh», BAA), Umarali Rahmonaliyev («Sabah», Ozarboyjon), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Otabek Shukurov («Baniyas», BAA), Jamshid Iskanderov («Neftchi»), Oston O‘runov («Persepolis», Eron), Abbos Fayzullayev («Bashakshehir», Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzayev («Dinamo»);

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Bashakshehir», Turkiya), Igor Sergeev («Paxtakor»), Rustam Turdimurodov («Surxon»).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning Kuvayt va Urugvayga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi