date

Superliga. «Neftchi» vodiy derbisida «Andijon»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Neftchi» vodiy derbisida «Andijon»ni mag‘lub etdi

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Andijon" o‘rtasidagi markaziy bellashuvda farg‘onaliklar 2:0 hisobida mehmonlarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlanayotgan bir paytda Abror Ismoilov chiroyli zarbasi bilan Erjan Tokotayev darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida esa Joel Kojo "Neftchi"ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan holda, oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi.
Superliga. 24-tur. 5 oktyabr
Neftchi — Andijon 2:0
Gollar: Abror Ismoilov (44), Joel Kojo (77).
Neftchi — Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Abror Ismoilov, Joel Kojo (Shahzod Nematjonov, 89), Jamshid Iskanderov (Quvondiq Ro‘ziyeev, 89), Anvar G‘ofurov, Muhsin Ubaydullayev, Alisher Odilov (Vladimir Yovovich,76), Yovan Jokich, Farrux Sayfiyev.
Andijon — Erjan Tokotayev, Abubakir Ashurov,Sunnatulloh Hamidjonov, Ismoil Akinade (Abdurahmon Abdullayev, 74), Sayidumar Saidnurullayev (Shohjahon Yorqinboyev, 63), Sardor Azimov, Damir Temirov, (Otabek Jo‘raqo‘ziyev,46), Usmonali Ismonaliyev (Muhammadali Usmonov, 74), Doniyor Abdumannopov (Bektemir Abdumannonov, 63), Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak
Ogohlantirishlar: Sardor Azimov (36), Usmonali Ismonaliyev (69).
Ma’lumot o‘rnida, farg‘onaliklar ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 51 taga yetkazib olib, peshqadam "Nasaf" bilan farqni 2 tagacha qisqartirdi. "Burgutlar" esa 23 ta uchrashuvdan so‘ng 25 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rinda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Neftchi» vodiy derbisida «Andijon»ni mag‘lub etdi