date

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston bokschilari besh oltinni qo‘lga kiritdi!

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston bokschilari besh oltinni qo‘lga kiritdi!

Ozarbayjonda o‘tayotgan MDH o‘yinlarining bugungi boks dasturi yosh bokchilarimiz uchun haqiqiy triumfga aylandi. Finalga yetgan 10 nafar yigitdan 5 tasi ringni g‘olib tark etib, oltin medalni naqd qildi. Qolgan besh nafar finalchilar kumushni qo‘lga kiritdi, yana bir sportchimizning hissasiga bronza yozildi. Shu tariqa jamoamiz 5 ta oltin, 5 kumush va 1 bronza bilan o‘z ustunligini yana bir bor namoyon etdi.

Oltin medal sohiblari
  • -54 kg — Behruz Rohataliyev

  • -57 kg — Bobomurod Bo‘ymirzayev

  • -63 kg — Dilshod Ahmadjonov

  • -70 kg — Oybekjon Abdurahimov

  • -75 kg — Xurshidbek Jo‘rayev

Bu yakunlar har bir finaldagi tayyorgarlik, taktik intizom va so‘nggi daqiqagacha kurashish ruhining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Kumush medal sohiblari
  • -46 kg — O‘tkirbek Norqosimov

  • -50 kg — Azizbek Shokirjonov

  • -60 kg — Otabek Nurmuhammadov

  • -66 kg — Kamronbek Hamdamov

  • +80 kg — Farhodjon Bahodirov

Finaldagi raqobat keskin bo‘ldi, biroq yigitlarimizning irodasi va xarakterini alohida ta’kidlash kerak — bu tajriba navbatdagi musobaqalarda albatta o‘z samarasini beradi.

Bronza medal
  • -52 kg — Bekzod Ismoiljonov

Murabbiylar shtabi

Jamoamiz yutuqlarida ustozlar mehnati katta: Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboyev, Elnur Abdurahimov — musobaqa davomida har bir jang uchun aniq reja va to‘g‘ri korrektirovkalar berib borishdi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasi bu natija bilan MDH o‘yinlaridagi tengsizligini yana bir bor isbotladi. Yigitlarimizga tabrik aytamiz! Oldinda yana katta startlar, yangi cho‘qqilar bor — bugungi g‘alabalar esa shu yo‘ldagi eng chiroyli bosqichlardan biri bo‘lib qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MDH o‘yinlari: O‘zbekiston bokschilari besh oltinni qo‘lga kiritdi!