date

Manchester City safarda Brentfordni mag‘lub etdi

Manchester City safarda Brentfordni mag‘lub etdi

Angliya Premer-Ligasi 8-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” safarda “Brentford”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Erling Xolandning aniq zarbasi “Siti”ga g‘alaba keltirdi. Shu gol bellashuv taqdirini hal etdi — “Brentford” hisobni tenglashtirish uchun bir necha imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo ularni ishlata olmadi.

O‘yin statistikasi:

• Zarbalar: Brentford – 6, Man. Siti – 10

• Aniq zarbalar: 1 – 4

• To‘p nazorati: 30% – 70%

• Paslar: 307 – 755

• Pas aniqligi: 79% – 91%

• Follar: 10 – 6

• Sariq kartochkalar: 3 – 2

• Ofsaydlar: 1 – 1

• Burchaklar: 3 – 2

Bu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” ochkolar sonini oshirdi va chempionlik uchun kurashda yuqori pog‘onalarda qoldi. “Brentford” esa kuchli raqibga qarshi munosib o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, ochko olish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester City safarda Brentfordni mag‘lub etdi