date

Kannavaro Toshkentda: mundialga tayyorgarlik yangi bosqichga bugun chiqdi

Kannavaro Toshkentda: mundialga tayyorgarlik yangi bosqichga bugun chiqdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) futbol bo‘yicha milliy jamoa bosh murabbiyligiga nomzod Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birga Toshkentga yetib kelganini ma’lum qildi. Italyan mutaxassis bugun rasman tanishtirilishi kutilmoqda.
O‘FA manbalariga ko‘ra, Kannavaro 2025-yil fevralidan buyon jamoani boshqarib kelgan Timur Kapadze o‘rnini egallaydi va “oq bo‘rilar”ni JCH–2026ga tayyorlaydi. Shu bilan birga, davomiylikni saqlash maqsadida Kapadze yangi shtabdan o‘rin olishi mumkinligi aytilayotir.
Rasmiy shartnoma tafsilotlari ochiqlanmagan, ammo Rossiya OAVda 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylar guruhi xarajatlari bilan birgalikda yiliga taxminan 4 million yevro atrofida bo‘lishi tilga olindi. Bu raqam hozircha tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Kannavaro loyihasiga katta investitsiya qilinayotganidan darak beradi.
Kannavaroning yaqin vazifalari — jamoa infratuzilmasini ko‘zdan kechirish, futbolchilar bilan uchrashish, shtab taqsimotini aniqlash va kelasi yig‘in hamda nazorat uchrashuvlari uchun reja ishlab chiqish. Asosiy maqsad aniq: tarixiy yo‘llanmani munosib ishtirokga aylantirish, termaning musobaqagacha bo‘lgan har bir oyini maksimal samara bilan o‘tkazish.
Muxlislar uchun esa yangi sahifa ochilmoqda: jamoa uslubi, tarkibiy raqobat va tayyorgarlik formatidagi o‘zgarishlar yaqin vaqtda oydinlashadi. Rasmiy tanishtiruv marosimida yangi bosh murabbiyning rejalari va mezonlari bayoni kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kannavaro Toshkentda: mundialga tayyorgarlik yangi bosqichga bugun chiqdi