date

Ronalduning o‘g‘li yana "Real" safida ko‘rilishi mumkin

Ronalduning o‘g‘li yana "Real" safida ko‘rilishi mumkin

Portugaliyalik futbol afsonasi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li — kichik Krishtianu Ronaldu yaqin vaqtlarda Madridning "Real" klubiga qo‘shilishi mumkin.

Daily Sports va Al Kass nashrlari yozishicha, "qirollik klubi" rahbariyati, jumladan prezident Florentino Peres shaxsan yosh futbolchi bilan qiziqish bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" skautlari 15 yoshli Ronalduning o‘yinlarini tahlil qilgan va uning mahorati hamda istiqboli yuqori ekanini qayd etgan.

Kichik Ronaldu hozirda 15 yoshda bo‘lib, u hujumchi sifatida o‘ng va chap qanotda birdek faol o‘ynay oladi. Shuningdek, u Portugaliyaning U-15 terma jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Futbol muxlislari orasida esa “Ronaldu nasabining yangi davri boshlanmoqda”, degan fikrlar tarqalmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning o‘g‘li yana "Real" safida ko‘rilishi mumkin