date

Valeriy Kechinov: Kannavaro O‘zbekistonga yangi ruh va tartib beradi

Valeriy Kechinov: Kannavaro O‘zbekistonga yangi ruh va tartib beradi

«Paxtakor» va «Spartak» afsonaviy hujumchisi, O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov Fabio Kannavaroning «oq bo‘rilar» bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
Kechinovning aytishicha, u Kannavaroning murabbiylik faoliyatini yaqindan kuzatmagani uchun uning uslubi va natijalariga baho berish qiyin. Shunga qaramay, u Fabio futbolchi sifatida juda yuqori darajada bo‘lgani, shu tajriba va shaxsiy nufuz milliy jamoaga foyda keltirishini ta’kidladi. «Menimcha, bu O‘zbekiston uchun juda muhim qadam. Murabbiy almashishi bekordan emas — bunga jiddiy sabablar bo‘lgan», — dedi Kechinov championat.com muxbiri bilan suhbatda.
Mutaxassis fikricha, Kannavaro jamoaga birinchi navbatda intizom, ixcham taktik tartib va himoyada ishonchli o‘yinni olib kiradi. Shu bilan birga, u jamoa ayni paytda mundialga tayyorgarlik jarayonida ekani, shunday pallada rahbariyatning kuchli shaxsga suyanishi mantiqiy ekanini qo‘shib qo‘ydi.
Kechinov, shuningdek, yangi shtab mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlasa, o‘yinchilar mentaliteti va ichki muhitni tezroq his qila olishini ta’kidladi. Uningcha, bu omillar tez muddatda maydondagi natijaga aylanishi mumkin.
Xulosa o‘rnida Kechinov Kannavaroga omad tilab, «oq bo‘rilar»ning yangi bobini umid bilan kuzatishini aytdi: «Fabio — katta futbolda ko‘pni ko‘rgan shaxs. O‘zbekiston terma jamoasiga yangi ruh va ishonch olib kirishiga ishonaman».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Valeriy Kechinov: Kannavaro O‘zbekistonga yangi ruh va tartib beradi