Bloomberg‘ning ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik superhujumchi Krishtianu Ronaldu moliyaviy tarix yaratdi: uning boyligi 1,4 milliard AQSH dollariga yetdi va u birinchi marta agentlikning milliarderlar indeksida futbolchi sifatida qayd etildi. Shunday qilib, Ronaldu tarixda bu marraga yetgan ilk charm to‘p ustasiga aylandi.
2025-yil iyuniga kelib “An-Nasr” bilan qiymati 400 million dollardan ortiq yangi kelishuv Ronalduni dunyo sport yulduzlari orasida eng badavlatlar safiga olib chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 2002–2023-yillarda klublardagi faoliyatidan 550 million dollardan ziyod daromad topgan.
Ronalduning tijoriy kelishuvlari ham juda samarali: Nike bilan har yili 18 million dollarlik 10-yillik shartnoma amal qiladi. Shuningdek, Armani va Castrol bilan hamkorliklar uning mulkini yana 175 million dollarga oshirgan.
Saudiyaga yo‘l olgandan so‘ng esa u yiliga 200 million dollar atrofida (soliqlardan tashqari) maosh va bonuslar olmoqda, ustiga-ustak 30 million dollarlik imzo bonusini ham qo‘lga kiritgan. Qisqasi, ko‘rsatkichlar shunchaki rekord emas — bu futbol biznesining yangi bosqichi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar