date

Osiyo saralashi start oldi: O‘mon–Qatar durangi intrigani kuchaytirdi

Osiyo saralashi start oldi: O‘mon–Qatar durangi intrigani kuchaytirdi

Osiyoda JCH-2026 saralashining to‘rtinchi bosqichi boshlandi va “A” guruhidagi ilk to‘qnashuvda O‘mon Qatarga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobini qayd etdi. Bellashuv Qatar maydonida o‘tdi, BAA esa bu turda dam oldi. Gollar bo‘lmasa-da, kuchli intizom, zich himoya va darvozabonlarning ishonchli o‘yini intrigani oxirigacha saqlab turdi.
Keyingi navbatda 11 oktyabr kuni BAA – O‘mon uchrashuvi bor. “Al Olimpiyad” stadionidagi so‘nggi bahs 14-oktyabrga belgilangan: BAA mezbon sifatida Qatarni qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, 4-bosqich formatiga ko‘ra, har guruhda uchta jamoa ishtirok etadi: birinchi o‘rin egasi to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi, ikkinchi o‘rin egasi qit’aviy pley-offda omadini sinab ko‘radi.
Uchrashuv protokoli
JCH-2026, Osiyo. 4-bosqich, “A” guruhi
O‘mon – Qatar 0:0
O‘mon: Al Muxayni, Al Rushaydi, Al Braiki, Busaidi, Habashi, Al Xarti, Yahmadi, Alavi, Dahman, Favaz (Marzuq, 90), Sabhi (Gassani, 78).
Qatar: Abunada, Aloyi (Salmon, 78), Pedro, Kouki (Mendes, 64), Brake, Afif (Muntari, 78), Mabido, Boudaif, Manai, Algenahi (Ali, 57), Edmilson.
Bu natija guruhda barcha ssenariylarni ochiq qoldirdi: qolgan ikki turda har bir ochko oltin qadriga teng bo‘ladi. Qisqasi, “A” guruhidagi mundial yo‘llanmasi uchun bahs endigina qiziy boshladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo saralashi start oldi: O‘mon–Qatar durangi intrigani kuchaytirdi