"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Madriddagi kundalik hayotini Parij davri bilan taqqoslab, yangi muhit unga "qayta ishga tushish" imkonini berganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ispaniya poytaxtida hayot sur’ati sokinroq, shovqin kamroq, shuning uchun u o‘zini ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan yengil his qiladi.
"Mening bu so‘zlarim Fransiyaga qarshi emas," - deya ta’kidladi hujumchi. - Madridda shunchaki boshqacha muhit bor: kamroq tirbandlik, kamroq shovqin. Shuning uchun ham o‘zimni tartibga keltirdim, e’tiborimni ko‘proq maydonga qaratdim.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2017-2024 yillar davomida PSJ safida to‘p surib, barcha musobaqalarda 308ta o‘yinda maydonga tushib, 256ta gol urgan va 110ta golga hammualliflik qilgan. Endi u "Santyago Bernabeu"da mutlaqo yangi sahifa ochdi va hozirgi sokin, tartibli muhit uning ulkan maqsadlari uchun qulay sharoit yaratishi aytilmoqda.
Muxlislar uchun eng muhimi - Mbappening so‘zlaridagi ichki xotirjamlik. Chunki bunday ruhiy barqarorlik va jismoniy chaqqonlik uning o‘yin tezligi, aniqligi va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Madriddagi hayot esa, aftidan, bu fazilatlarni yanada ochishga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar