date

Nepomnyashiy: Kannavaro emas, Kapadze termaga ko‘proq mos edi

Nepomnyashiy: Kannavaro emas, Kapadze termaga ko‘proq mos edi

O‘zbekiston milliy termasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi futbol jamoatchiligida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Milliy jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy ham mazkur qaror yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Rossiyalik mutaxassisga ko‘ra, Fabio Kannavaroning kelishi kutilmagan qaror bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, avvalgi bosh murabbiy Timur Kapadze jamoani yaxshi biladi, o‘yinchilar bilan ishlash tajribasiga ega va milliy terma uchun ko‘proq mos kelardi.

“Birinchidan, men Timur Kapadzeni yaxshi bilaman. O‘zbekistonda ishlagan paytimda u mening shogirdim bo‘lgan. Juda yaxshi yigit va qobiliyatli mutaxassis. Oxirgi 3–4 o‘yinda u jamoani munosib boshqardi. Biroq Kannavaro bilan taqqoslaganda, menimcha, Kapadze milliy termaga ko‘proq mos edi,” — dedi Nepomnyashiy jurnalistlar bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kapadze jamoadagi muhitni, futbolchilarning xususiyatlarini va ichki muhokamalarni yaxshi bilgan. Shu bois, uning ishdan ketishi Nepomnyashiy uchun g‘alati va kutilmagan holat bo‘lgan.

“Bu qaror men uchun tushunarsiz bo‘ldi. Nima uchun shunday o‘zgarish qilingani ma’lum emas. Futbolchilar Kapadzeni yaxshi tanishardi, u esa jamoani ruhan birlashtira olgandi. Uning terma murabbiylar shtabida qolishi haqida eshitdim, ammo menimcha, bu ham to‘g‘ri qaror emas,” — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Еslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasiga yaqinda Jahon chempionati-2006 g‘olibi Fabio Kannavaro bosh murabbiy sifatida tayinlandi.

Valeriy Nepomnyashiy esa 2006-yilda O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan va o‘sha davrda milliy jamoa bilan bir qator muhim musobaqalarda ishtirok etgan edi.

Murabbiyning fikricha, termadagi har qanday o‘zgarish futbolchilarning kayfiyati va natijasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun u murabbiylar almashinishida izchillik saqlanishini muhim deb hisoblaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashiy: Kannavaro emas, Kapadze termaga ko‘proq mos edi