Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Norvegiya — Isroil uchrashuvida maydon sohiblari haqiqiy gol yomg‘irini uyushtirdi. “Ulrval” stadionida o‘tgan bellashuv 5:0 hisobi bilan norvegiyaliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Belgilangani uchrashuvda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand yana o‘zining jahon darajasidagi gol mashinasi ekanini namoyish qildi. 25 yoshli forvard uch marta raqib darvozasini ishg‘ol etib, xet-trik qayd etdi. Uning gollari 27-, 63- va 72-daqiqalarda kiritildi.
Shuningdek, u ikki bor penaltilardan unumli foydalana olmadi. Norvegiyalik hujumchining dastlabki zarbasini posbon bartaraf etdi, hakam esa penalti qayta ijro etilishini aytdi. Biroq ikkinchi urinishda ham Holand gol ura olmadi.
Qolgan ikki to‘p esa Isroil futbolchilari tomonidan avtogol sifatida qayd etildi. Shu tariqa Norvegiya muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. 11 oktyabr
I guruhi. 7-tur
Norvegiya — Isroil 5:0
Gollar: Halayli 18 (avt), Holand 27, 63, 72 (xet-trik), Naxmiyas 28 (avt).
Norvegiya: Nyuland — Ryerson, Ayer, Heggem, Volfe (Byorkan 76) — Bobb (Dennum 76), Berg (Osgor 76), Berge, Nusa — Serlot (Larsen 76), Holand (Shelderup 85).
Isroil: D. Perets — Dasa (Mizraxi 71), Bloryan, Naxmiyas (Baltaksa 32), Revivo — E. Perets, Gluh (Turgeman 87) — Biton (Baribo 71), Abu-Fani (Noy 46), Solomon — Halayli.
Ogohlantirish: Turgeman 89.
Foydalanilmagan penaltilar: Holand 5, 6 (ikkisini ham darvozabon qaytardi).
Qayd etish lozim, mazkur natijadan so‘ng norvegiyaliklar turnir jadvalida 18 ochko bilan peshqadamligini mustahkamlab oldi. Jamoa hali birorta o‘yinda ochko yo‘qotgani yo‘q.
Bu o‘yin Erling Holand uchun ham tarixiy ahamiyat kasb etdi — u terma jamoa safidagi gollari sonini 51 taga yetkazdi. Mavsum boshidan beri “Manchester Siti” va Norvegiya uchun 20 tadan ortiq gol urgan Holand hozircha Yevropada eng yuqori formada bo‘lgan hujumchilardan biri hisoblanadi.
Tahlilchilar fikricha, Holandning terma jamoada gol seriyasi uni nafaqat Norvegiyaning, balki butun Yevropaning rekordlar kitobiga yaqinlashtirmoqda. Uning yoshi 25 bo‘lsa-da, allaqachon jahon miqyosidagi eng samarali hujumchilar qatoriga kiradi.
Norvegiya termasi uchun esa bu g‘alaba muhim ruhiy burilish bo‘ldi — jamoa keyingi turda ham shunday ta’sirli o‘yin namoyish etishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!