date

“Real” Vinisius o‘rniga Erling Xolandni olib kelmoqchi

“Real” Vinisius o‘rniga Erling Xolandni olib kelmoqchi

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ning norvegiyalik superto‘purari Erling Xoland bilan qiziqish bildirmoqda. Ispaniya grandi uni kelasi mavsumda jamoaga qo‘shish niyatida ekani ma’lum qilindi.

Caught Offside nashrining yozishicha, “qirollik klubi” allaqachon Xolandning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. Maqsad — transfer bitimi uchun zamin yaratish

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” norvegiyalik yulduzni braziliyalik hujumchi Vinisius Junior sotilishi orqali olinadigan mablag‘ hisobidan xarid qilishni rejalashtirmoqda. Saudiya Arabistoni klublaridan biri Vinisius uchun taxminan 250 million yevro taklif etishga tayyorligi aytilmoqda.

Hozirgi paytda Erling Xolandning “Manchester Siti” bilan tuzilgan shartnomasi 2034 yilning yozigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati esa 180 million yevro atrofida baholanmoqda.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topsa, “Real Madrid” yangi hujumchi orqali yanada kuchli va raqobatbardosh jamoa shakllantirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Vinisius o‘rniga Erling Xolandni olib kelmoqchi