Toshkentning “Lokomotiv” futbol jamoasi tarkibida ikki nafar kot d’ivuarlik legionerlar ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi yozmoqda.
"Lokomotiv" 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig‘inini boshladi. Ayni paytda "temiryo‘lchilar" mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.
Yig‘inda ko‘rikda bo‘lib turgan kot d’ivuarlik legionerlar – 23 yoshli markaziy himoyachi Muhammad Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizolar ham ishtirok etishmoqda. Bugungi mashg‘ulotda ikkala futbolchi ham qatnashdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi bu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, ular jamoaning navbatdagi yig‘inlariga ham taklif etiladi.
Qayd etish joizki, Muhammad Kone ilgari Gresiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o‘ynashga ulgurgan. Gnoxere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi