"Barselona"ning yosh yulduzi Pedri o‘yin oldidan har gal onasi bilan kichik, lekin juda muhim odatni bajaradi. Uning aytishicha, onasi har safar undan soqolini olishni so‘raydi va bu u uchun yaxshi belgiga aylangan.
"O‘yin kuni onam doim: ‘soqolingni ol’ deydi. Agar unutib qo‘ysam, albatta urishadi. Shu bois bu endi mening ‘omad rituālim’ga aylandi", — dedi Pedri Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Futbolchi onasi bilan munosabati haqida ham gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odat nafaqat oilaviy mehr, balki ruhiy tayyorgarlikning bir qismi hamdir.
22 yoshli yarim himoyachi bu mavsumda La Ligada 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta assist bilan jamoasiga hissa qo‘shgan. Biroq so‘nggi paytlarda klub bosh murabbiyi Hansi Flikk Pedrining jismoniy tayyorgarligidan to‘liq qoniqmayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Shunga qaramay, muxlislar uning jonkuarligi va sodda fe’lini eng sevimli jihatlaridan biri deb biladi. Pedrining onasi bilan bo‘lgan munosabati esa "nafaqat katta mahorat, balki yurakdan o‘ynaydigan yosh yulduz" ortida ham oddiy, mehrga to‘la inson borligini yana bir bor isbotladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!