date

JCh-2026 chiptalari rekord qimmat: ochilishdan finalgacha shok narxlar

JCh-2026 chiptalari rekord qimmat: ochilishdan finalgacha shok narxlar

Jahon chempionati-2026 uchun biletlar narxi keskin oshdi. The Telegraph’ning yozishicha, ochilish bahsiga chiptalar 370 dollardan boshlanib, eng yuqori toifalari 1 800 dollargacha yetadi. Qiyos uchun, Qatar–2022da bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 55 va 618 dollar edi.

Eng ko‘p kutilgan bahs — Nyu-Yorkdagi final. Bu o‘yinga chiptalar 2 000 dollardan boshlanadi, o‘rtacha narx esa taxminan 3 900 dollarni tashkil qiladi. Bu — uch yil avvalgi mundial finali bileti bilan solishtirganda qariyb 10 barobar qimmat.

Guruh bosqichida ham arzon variantlar qolmagan: eng past tariflar 100 dollardan yuqori. Mutasaddilarning aytishicha, yuqori talab, inflyatsiya va qabul qiluvchi mamlakatlardagi tashkiliy xarajatlar narxlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkazilib, musobaqadagi o‘yinlar qit’alar bo‘ylab bir nechta megapolislarda tashkil etiladi. Muxlislar uchun esa asosiy savol bitta: qaysi narxlarda stadion muhitini his qilish imkonini topish?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2026 chiptalari rekord qimmat: ochilishdan finalgacha shok narxlar