date

Mbappe “Real” uchun harakatda: Konateni Madridga olib kelmoqchi

Mbappe “Real” uchun harakatda: Konateni Madridga olib kelmoqchi

“Real Madrid”ning yetakchisi Kilian Mbappe jamoasi manfaati uchun maydonda ham, transfer bozorida ham faol ish olib boryapti. Yevropaning yetakchi nashrlari — Transfer News Live va Defensa Central ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik superhujumchi milliy jamoasidagi yaqin do‘sti Ibrohim Konateni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga kirishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Liverpul” markaziy himoyachisi bilan tuzilgan shartnoma 2025 yil 30 iyunda yakunlanadi. Konate hozircha yangi bitim shartlarini qabul qilmagan va bu holat uning kelajagi borasida turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan.

Mbappe esa “Real” rahbariyatiga do‘stini klubga taklif etish g‘oyasini bildirgan. Unga ko‘ra, Konate jamoaga mos futbolchi bo‘lib, “Liverpul” bilan shartnoma tugagach, erkin agent sifatida Madridga kelish imkoniyati yuqori.

Bu bilan Mbappe nafaqat jamoa hujumida yetakchi, balki transfer strategiyasida ham muhim shaxsga aylanmoqda. Manbalar ta’kidlashicha, agar “Real” rasmiy taklif yo‘llasa, Kilian shaxsan o‘zi muzokaralarni tezlashtirishga yordam beradi.

Bugungi kunda Konate bilan nafaqat “Real”, balki “Bavariya”, “Yuventus” va “PSJ” kabi bir necha grand klublar ham qiziqish bildirmoqda. Ammo “Qirollik klubi”ning asosiy ustunligi — Mbappedek ta’sirli omil borligidadir.

Shunday qilib, Madridda yozgi transfer oynasigacha yana bir qiziqarli intriga paydo bo‘ldi — Mbappe o‘z do‘stini oq jamoa safida ko‘rish uchun shaxsan harakat boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe “Real” uchun harakatda: Konateni Madridga olib kelmoqchi