date

BMW “Real Madrid” futbolchilariga yangi avtomobillar sovg‘a qildi

BMW “Real Madrid” futbolchilariga yangi avtomobillar sovg‘a qildi

Madridning mashhur “Real” klubiga rasmiy homiylik qilayotgan BMW kompaniyasi jamoa futbolchilari va murabbiylariga navbatdagi avtomashinalarni taqdim etdi.

Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi har yili “Real” a’zolariga yangi modeldagi transport vositalarini sovg‘a qiladi. Bu yil jamoa vakillariga gibrid turdagi elektr avtomobillari topshirildi.

Eng ommabop model sifatida qiymati 135 ming yevrodan boshlanuvchi BMW i7 tanlandi. Mazkur avtomashina Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Arda Gyuler, Eder Militao, Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karreras, Endrik va Raul Asensio kabi futbolchilarga berildi. Shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonso ham shu modelga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, Tibo Kurtua, Jud Bellingem, Rodrigo, Din Xyoysen, Braim Dias va Ferlan Mendi qiymati 200 ming yevrogacha bo‘lgan XM modelini tanlashdi.

100 ming yevro atrofida baholanuvchi avtomobillardan Franko Mastantuono (i4 — taxminan 50 ming yevro), Trent Aleksandr-Arnold va Eduardo Kamavinga (iX — taxminan 80 ming yevro), shuningdek Gansalo Garsiya (i5 — taxminan 70 ming yevro) o‘z tanlovini qildi.

Darvozabon Andrey Lunin esa 160 ming yevrodan ortiq qiymatga ega bo‘lgan M5 modelini tanladi. Qolgan futbolchilarning avtomobil tanlovi haqida ma’lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BMW “Real Madrid” futbolchilariga yangi avtomobillar sovg‘a qildi