FIFAning 17-oktyabr kuni e’lon qilingan yangilangan reytingida O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona pastlab, 55-o‘ringa tushdi. Osiyo qit’asi jamoalari orasida esa O‘zbekiston hozircha 6-o‘rinni saqlab turibdi.
Yangilangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Yaponiya 1645,34 ochko bilan 19-o‘rinni saqlab qolgan. Undan keyingi o‘rinlarda Eron (21-o‘rin, 1618,28 ochko), Koreya Respublikasi (22-o‘rin, 1593,92 ochko), Avstraliya (25-o‘rin, 1584,02 ochko) va Qatar (52-o‘rin, 1461,6 ochko) joy olgan.
O‘zbekiston terma jamoasining joriy ochkolari 1452,34 bo‘lib, o‘tgan reytingga nisbatan 0,97 ballga kamaygan. Bu natija “oq-qizillar”ni bir pog‘ona pastga tushirdi.
Shu bilan birga, umumjahon reytingining yuqori qismida ham o‘zgarish kuzatildi: Ispaniya terma jamoasi 2014-yildan beri ilk bor dunyodagi yetakchi o‘ringa chiqdi. Argentina Fransiyani ortda qoldirib, ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, O‘zbekiston jamoasi uchun keyingi o‘yinlardagi natijalar katta ahamiyatga ega — ular jahon reytingida yuqorilash imkonini qayta qo‘lga kiritish uchun hal qiluvchi bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!