date

Gvardiola: “Jon Stounz hali o‘z formasiga qayta olmadi”

Gvardiola: “Jon Stounz hali o‘z formasiga qayta olmadi”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Jon Stounzning sog‘lig‘idagi muammolar haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis umid qilayotganini aytdiki, futbolchining jarohatlar davri endi orqada qoladi.

“Umid qilamanki, uning jarohat bilan bog‘liq qiyinchiliklari tugadi. Shartnomasi yozda yakunlanadimi? Bu haqida mendan emas, klub rahbariyatidan so‘rashingiz kerak. Biz trebl yutgan mavsumda Jon ajoyib o‘ynagan edi, lekin shundan beri u barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Hozir esa kutamiz — vaziyat qanday rivojlanishini vaqt ko‘rsatadi”, — dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, Jon Stounz “Manchester Siti” safida 2016 yildan beri to‘p suradi. U 31 yoshda va bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida atigi 6 o‘yinda maydonga tushgan, ammo hali ham samarali harakat bilan ajralib tura olmagan.

Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, jamoa himoyachisi to‘liq formaga qaytish uchun hali vaqtga muhtoj. “Stounz juda kuchli futbolchi, u sog‘lom bo‘lsa, jamoamiz yanada mustahkam bo‘ladi. Hozir eng muhimi — uning to‘liq tiklanishi,” — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Jamoa muxlislari esa himoyachining yaqin vaqtda safga qaytib, “Siti”ning himoya chizig‘ini yanada ishonchli qilishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “Jon Stounz hali o‘z formasiga qayta olmadi”