"Real" hujumchisi Vinisius Junior La Liga doirasidagi "Xetafe"ga qarshi o‘yinda raqib jamoa ikki futbolchisining maydondan chetlatilishiga sabab bo‘ldi. Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi qizil kartochkadan so‘ng Vinisius juda xursand bo‘ldi va bir necha bor "Men juda zo‘rman" degan gapni takrorladi.
Ushbu holatdan keyin "Xetafe" futbolchisi Xuan Iglesiyas Vinisiusga "Shuning uchun hamma seni yomon ko‘radi" deb javob qaytardi. O‘yinda birinchi chetlatishdan so‘ng "Real" jamoasi hujumga o‘tib, Kiliyan Mbappe hisobni ochdi.
Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va "Real" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi turda "Real" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.
Hozirda Madrid klubi 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi bellashuv har doim katta qiziqish uyg‘otadi.
Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin chempionlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!