date

Shmeyxel Xoylunn va Maktominayning "Napoli"dagi o‘yinini maqtadi

Shmeyxel Xoylunn va Maktominayning "Napoli"dagi o‘yinini maqtadi
Sobiq “Manchester Yunayted” darvozaboni Peter Shmeyxel klubning transfer siyosatini tanqid qildi. U rahbariyat Rasmus Xoylunn va Skott Maktominay kabi futbolchilarni tarkibda saqlab qolishi kerak edi, deb hisoblaydi.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Shmeyxelning fikricha, klub Xoylunn bor ekan, Sheshkoni olib kelishga ehtiyoj yo‘q edi.

U ikki yil davomida Xoylunn yetarli qo‘llab-quvvatlanmaganini ta’kidladi. U hozir “Napoli”da Maktominay bilan birga yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Peter Shmeyxel 1991-1999 yillarda “Manchester Yunayted” safida maydonga tushgan. Shuningdek, u “Manchester Siti” jamoasida ham o‘ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shmeyxel Xoylunn va Maktominayning "Napoli"dagi o‘yinini maqtadi