date

OFK delegatsiyasi O‘zbekiston futbol markaziga tashrif buyurdi

OFK delegatsiyasi O‘zbekiston futbol markaziga tashrif buyurdi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) bosh kotibining o‘rinbosari Shin Man Gil, musobaqalarni tashkil etish bo‘limi rahbari Avaz Berdiqulov va musobaqalarni o‘tkazish menejeri Xinan Yin O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Bugun ular Toshkentda joylashgan Milliy futbol markaziga borib, mamlakatda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamrohlik qildi. OFK vakillari sport tibbiyoti markazi, tiklanish va sog‘lomlashtirish bo‘limlari, futbolchilar uchun maxsus mehmonxona, VAR markazi, Respublika akademiyasi hamda yangi qurilgan yopiq maydonni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif jarayonida mehmonlar infratuzilma darajasini yuqori baholab, O‘zbekiston futbol sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va shart-sharoitlar katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Milliy futbol markaziga tashrif OFK va O‘FA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va xalqaro musobaqalarni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK delegatsiyasi O‘zbekiston futbol markaziga tashrif buyurdi