"Real Madrid" sardori Dani Karvaxal Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebasning fikriga munosabat bildirdi. Karvaxal Tebasning "Real" telekanali hakamlik haqidagi videolari chempionatni soxtalashtirish emas, AQSHda o‘tkaziladigan o‘yin qoidabuzarlik ekani haqidagi bayonotiga javob qaytardi.
Euro-football.ru yozishicha, Karvaxal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Tebas janoblari, reglament buzilishi musobaqa halolligiga putur yetkazadi. Siz "Real" televideniyesi videolari haqida istalgan fikr bildirishingiz mumkin.
Biroq, AQSHda o‘yin o‘tkazish – qoidalarni buzishdir. Agar bu uchrashuv bo‘lib o‘tsa, turniringizda dog‘ qoladi", deb yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Vilyarreal" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi bahs 20-dekabr kuni Mayami shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu qaror Ispaniya futbolida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Chempionat o‘yinini AQSHda o‘tkazish haqidagi taklif futbol muxlislari va mutaxassislar orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Avvalroq ham Ispaniya chempionati o‘yinlarini xorijda o‘tkazish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tgan.
Kelgusida bunday qarorlar La Liga reglamentiga o‘zgartirishlar kiritilishiga olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!