Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasida “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gehini jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Real Madrid Confidencial portali. Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyaliklar angliyalik futbolchi uchun rasmiy taklif yo‘llashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Manbalarga ko‘ra, “qirollik klubi” himoyachi uchun taxminan 30 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda. Bu esa “Real”ning himoya chizig‘ini mustahkamlash bo‘yicha jiddiy rejalari borligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, 23 yoshli Gehining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. Biroq Madrid klubi buni kutmoqchi emas — ular himoyachini qishdayoq olib kelish niyatida.
Mark bu mavsumda jamoasi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi. Uning barqaror o‘yini va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati “Real” skautlari e’tiborini tortgani aytilmoqda.
Avvalroq “Kristal Pelas” bosh murabbiyi ham Gehi kelasi yil klubni tark etish ehtimoli yuqori ekanini tan olgandi. Shu bois “Pelas” rahbariyati transferdan ma’lum mablag‘ olish uchun uni qishki oydayoq sotishga rozi bo‘lishi mumkin.
Madridliklar esa hozirgi paytda himoya chizig‘idagi jarohatlar va kamsog‘lom rotatsiyani hisobga olgan holda, yangi futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Gehi “Real”ning yosh va istiqbolli himoyachilardan biri sifatida jamoaga yangi kuch bag‘ishlashi mumkin.
Transfer rasmiylashsa, u qishki oylarda “Santyago Bernabeu”dagi yangi sahifasini boshlashi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!