date

Fermin Lopes — YECHL haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Fermin Lopes — YECHL haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Yevropa Chempionlar Ligasida 21–22 oktyabr kunlari o‘tkazilgan guruh bosqichining uchinchi tur bahslaridan so‘ng haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi.

UYEFA ma’lumotiga ko‘ra, bu mukofotni “Barselona”ning yosh yarim himoyachisi Fermin Lopes qo‘lga kiritdi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi “Olimpiakos” darvozasiga xet-trik urgani bilan ajralib turdi.

Lopes bilan bir qatorda sovrin uchun “Atletik” forvardi Gorka Guruseta, PSV vakili Dennis Man hamda “Borussiya Dortmund” futbolchisi Feliks Nmecha ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.

Yosh talantning bu muvaffaqiyati “Barselona” muxlislari orasida katta quvonch uyg‘otdi va u jamoaning yangi umidvor yulduzlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fermin Lopes — YECHL haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi