
UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi haftaning ramziy jamoasini e'lon qildi. Ro'yxatda turli klublardan futbolchilar o'rin oldi.
Euro-football.ru ma'lumotiga ko'ra, ramziy jamoa tarkibida quyidagi futbolchilar bor. Darvozabon sifatida "Tottenxem" vakili Vikario tanlangan.
Himoyachilar safidan "PSJ"dan Nunu Mendesh, "Arsenal"dan Gabriel dos Santos, "Liverpul"dan van Deyk va "Inter"dan Dyumfris joy olgan. Yarim himoyada "Barselona" futbolchisi Fermin Lopes, "Borussiya Dortmund"dan Nmecha va "Bavariya"dan Lennart harakat qilgan.
Hujumchilar ro'yxatida "PSV"dan Man, "Nyukasl"dan Gordon va "Atletik"dan Guruseta qayd etilgan. Ushbu haftada Chempionlar ligasining eng yaxshi o'yinchisi deb "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes topildi.
U o'zining yorqin o'yini bilan ajralib turdi. Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki uch turida beshta jamoa barcha uchrashuvda g'alaba qozondi.
Bu klublar: "PSJ", "Bavariya", "Inter", "Arsenal" va Madridning "Real" jamoasi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar