
Britaniyalik mashhur teleboshlovchi va “Arsenal” jamoasining muxlisi Pirs Morgan joriy mavsumda London klubi Yevropaning eng kuchli jamoasi ekanini aytdi. Uning fikricha, “Arsenal” hozir eng yaxshi himoyaga ega va tarkib chuqurligi jamoaga chempionlik uchun barqaror kurash olib borish imkonini bermoqda.
Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Morgan jamoa murabbiyi Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal” mavsum boshida murakkab bosqichdan o‘tganini, ammo hozir yuqori o‘yin darajasi va barqarorlik namoyon etayotganini ta’kidladi.
U har bir pozitsiyada kamida ikki kuchli futbolchi borligini va asosiy o‘yinchilar safdan chiqqanda ham jamoa muvaffaqiyatli harakat qilishini qayd etdi. Morgan bu mavsum “Arsenal” chempionlikni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.
U jamoa mart oyining oxiriga kelib, sovrin uchun kurashni yakunlashi mumkinligini aytdi. Morganning so‘zlariga ko‘ra, aynan 30 mart kuni, o‘z tug‘ilgan kunida, “Arsenal” chempionlikni nishonlashi mumkin.
Hozirda “Arsenal” 19 ochko jamg‘argan va Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa mavsum davomida barqaror natijalar ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar