
“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya futbolining ikkinchi darajali divizioni — Chempionship musobaqasi unga yoqishini aytdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mareska bir mavsum davomida “Lester” jamoasida Chempionshipda ishlaganini va bu turnir unga manzur bo‘lganini bildirdi. U hozirda Premyer-ligada yoki Chempionlar ligasida ishtirok etsa ham, har doim Chempionship o‘yinlarini kuzatib borishini ta’kidladi.
Mareska o‘tgan mavsumdan boshlab “Sanderlend” jamoasini ham diqqat bilan kuzatib kelayotganini aytdi. U “Sanderlend” yangi murabbiy kelganidan so‘ng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganini va jamoa jismonan kuchli ekanini qayd etdi.
Shuningdek, murabbiy jamoaning mehnatiga ijobiy baho berdi. “Chelsi” va “Sanderlend” o‘rtasidagi Premyer-liga uchrashuvi 25-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Mareska ushbu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar