02:28 / 31.12.2016
7 515

Ibragimovich, Robben va yana 9 nafar yulduzlar, yozda ishsiz qolishi mumkin

Ibragimovich, Robben va yana 9 nafar yulduzlar, yozda ishsiz qolishi mumkin

Zamin.uz blogi yozda shartnoma muddati tugaydigan futbolchilar orasidan bir guruhini ma’lum qiladi. Ularning orasida hozirgi klubida qolishga tayyor bo‘lmaganlari ham bor. Ushbu komplekt 123 mln. evroga baholanadi. Marhamat ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Darvozabon: Iker Kasilyas (Ispaniya)
Yoshi: 35
Transfer narxi: 3 mln. evro
Muqobillari: Adrian, Ueyn Xennesi, Rene Adler, Benua Kostil

O‘tgan yili xatolari uchun ko‘p tanqid qilishdi, lekin u sekin-asta o‘zini tiklab oldi. Hozir Kasilyasga nisbatan e’tirozlar bo‘lmasa kerak, chunki unda o‘tgan 15 ta tur bo‘yicha 9 ta golsiz o‘yin va 7 ta o‘tkazilgan gol bor. Shuningdek, chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uch uchrashuvini quruq o‘tkazdi, bu "ajdarlar" ga pley-off bosqichiga chiqishiga etarli bo‘ldi.

Adrian 2 yil oldin "Vest Xem" ga bepul ko‘chib o‘tdi. O‘shandan beri uning qiymati 5 marta sakradi. Oxirgi paytlarda Bilich Rendolfni tushirmoqda - ishora tushunarli. Xennesi faqat yozda kelgan Stiv Mandandaning jarohati tufayli o‘ynamoqda. Uels terma jamoasining darvozabonini "Kristal Pelas" ning zahira darvozaboni maqomi qanoatlantirmasa kerak. Adler navbatdagi jarohatini davolatish bilan band, uning ko‘hna "Gamburg" da qolishiga asoslarimiz oz. O‘tgan 6 mavsumdan bo‘yon "Renn" darvozasini doimiy ravishda qo‘riqlab kelayotgan Kostil hali klubidan yangi shartnoma kutayotgani yo‘q.

O‘ning qanot himoyachisi: Pablo Sabaleta (Argentina)
Yoshi: 31
Transfer narxi: 10 mln. evro
Muqobillari: Bakari Sanya, Stefan Lixtshtayner, Dario Srna, Branislav Ivanovich

Argentinalik Gvardiolaning ishonchiga ega. Pablo hozir nafaqat o‘ng tomonda, balki asosiy zonada harakatlanayapti. So‘nggi turlarda Sabaleta har doim uchrashuvning boshidan harakatlanmoqda, lekin "shaharliklarning" asosiy faxriysi bilan shartnoma hali ham yangilangan emas.

Sabaletaning klubdoshi Sanya undan 2 yosh katta. Shuning uchun ham Pep fransiyalikni markaziy himoya chizig‘iga o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Yangi shartnoma imzolash yuzasidan u bilan klub o‘rtasida muzokara olib borilmayapti. Lixtshtayner asta-sekin o‘yinini yo‘qotmoqda, “Yuventus” da qanotga o‘yinchi tanlash imkoniyati shveysariyaliksiz ham juda yaxshi. Dario Srnaga “Barselona”sovchi qo‘ymoqda, lekin ish hali oxiriga etmagan. Ivanovich o‘z pozisiyasini yo‘qotmoqda – “Chelsi”da avlodlar almashinuvi rejalashtirilmoqda.

Markaziy himoyachilar: Pepe (Portugaliya)/ Per Mertezaker (Germaniya)
Yoshi: 33 / 32
Transfer narxi: 6 mln. evro/ 10 mln. evro
Muqobillari: Evgeniy Xacheridi, Xolger Badshtuber, Djon Terri, Robin Knoxe

Evro-2016 dagi Portugaliya g‘alabalarining asosiy yaratuvchisi “Real” dagi karerasini yakunlashi haqida ma’lum qildi. Klubini sevishi haqidagi uning e’tirofi Pepega hali yordam bergani yo‘q. Zidanning boshqa o‘yinchiga pul tikishi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Portugaliyalik muhim o‘yinlarda tobora zahira o‘rindig‘ida qolmoqda – el-klassiko, "Borussiya", klublar o‘rtasidagi jahon chempionati.

Mertezaker mavsum boshida jarohat oldi, bir oydan bo‘yon sog‘lom, lekin hali bironta o‘yinga tushmadi. Vengerda yangi nemis futbolchisi bor – Mustafi. Mazkur futbol faxriysini bremenliklarning tirik afsonasi Klemens Frits qayta “Verder” ga chorlamoqda, u bilan klubda birga to‘p surgan.

"Chelsi" Terri bilan shartnomani yangilashni istamadi. Jonning yoshi 36 da, bir yil yoki ikki yilda u klubdagi o‘z o‘rnini yo‘qotadi. Xacheridi ayni kuchga to‘lgan paytda, Ukrainadagi inqirozdan kelib chiqib u o‘zini eng yaxshi ligalardan biriga ko‘chib o‘tishga harakat qilib ko‘rishi mumkin. Jarohat Badshtuberga o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishga xalaqit qilmoqda. “Bavariya” kutib charchagan ko‘rinadi. Knoxe o‘zining mavsum boshidagi yorqin o‘yinini yo‘qotib “Volfsburg” dagi asosiy o‘rnini boy berdi, lekin uning yoshi atigi 24 da.

Chap qanot himoyachisi: Gael Klishi (Fransiya)
Yoshi: 31
Transfer narxi: 9 mln. evro
Muqobillari: Xaume Kosta, Benua Tremulinas, Seyad Kolashinas

Klishi muntazam ravishda “Siti” ning asosiy tarkibidan joy olib kelmoqda. Hozirgacha chapda Kolarov o‘ynamoqda, agar markazga hech kim o‘tmasa serbiyalik o‘sha tomonga o‘tadi. Ikki marta Gvardiola Klishini markazga qo‘yib ko‘rdi, lekin u qoyil qila olmadi. Klubda unga kim kerak, kim esa kerak emasligini Pep hal qilar ekan, futbolchilar bilan amaldagi shartnomani uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilishga shoshmaydi.

Xaume Kostaning asosiy karerasi «Vilyarreal» bilan, ushbu metin o‘yinchi ayni kuchga to‘lgan paytda. Tremulinas hali «Sevilya» uchun o‘ynamadi may oyidan bo‘yon. Asosiy da’vogar eks-dinamochi uchun – «Bordo». Universal o‘yinchi Seyad Kolashinas qanotda o‘ynashga ham, markazda va tayanch zonada ham o‘ynashga layoqatli. U “gol+pas” tizimi bo‘yicha o‘tgan 12 turda 6 ballni o‘z hisobiga yozdi va endigina 23 yoshga to‘ldi.

Quyi yarim himoyachi: Djon Obi Mikel (Nigeriya)
Yoshi: 29
Transfer narxi: 11 mln. evro
Muqobillari: Lukas Leyva, Daniele De Rossi, Xabi Alonso, Maykl Kerrik, Tiago Motta

Nigeriyalik «Chelsi» da 10 yildan bo‘yon o‘ynamoqda, lekin ancha vaqtdan bo‘yon jamoaning asosiy metin o‘yinchisi bo‘lmay kelayapti. Bu mavsumda Mikel maydonga tushmadi va balki qishda klubni tark etishi mumkin – Kontega u kerak emas. Xavbekni «Marsele» da kutishmoqda. Klopp yangi «Liverpul» ni shakllantirmoqda, Lukasga uning jamoasidan joy yuq. Chamasi Parijda 34 yoshli Tiago Mottaning vaqti oxirlab qolgan ko‘rinadi.

Yana uch nafar buyuk faxriy futbolchilarning shartnomasi hali uzaytirilmadi. Misol uchun Alonso bilan «Bavariya» kelishuvni uzaytirgani yo‘q. Shu kabi holat De Rossida, u bilan «Roma» shartnomani uzaytirgan emas. Kerrik «MYu» dan ketishni xohlamayapti, hozircha klubga foyda keltirmoqda, lekin bu abadiy degani emas.

Yuqori yarim himoyachi: Santi Kasorla (Ispaniya)
Yoshi: 32
Transfer narxi: 20 mln. evro
Muqobillari: Charli Adam, Sheyk Ndoye, Djo Ledli, Darren Fletcher

Oktyabr oyi boshida Kasorla agar unga taklif bo‘lsa, “Arsenal” bilan shartnomasini uzaytirishini ma’lum qilgan edi. Lekin 1 haftadan so‘ng jarohat olib uch oyga safdan chiqdi. Endi ispaniyalik fevralda safga qaytishi mumkin, lekin shartnomani uzaytirishga klub rahbarlari shoshilmayapti. Gap-so‘zlarga ko‘ra Kasorlani uyga qaytishiga “Atletiko” qarshi emas.

Charli Adam Shotlandiya terma jamoasiga qaytishni orzu qilmoqda, ushbu maqsadda u vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilishi mumkin. Senegallik Sheyk Ndoye «Anje» da yildan yilga yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. O‘tgan bir yarim yillik mavsumda xavbek 10 tadan ortiq gol urishga va narxini 4 barobar oshirishga erishdi. Uelslik soqolli Ledli har qanday jamoaga qo‘shilib keta oladi. Fletcher – «Vest Bromvich» ning asosiy o‘yinchisi va jamoa sardori.Oxirgi bir yarim mavsum davomida shotlandiyalik biron marta ham o‘yinni o‘tkazib yubormadi, lekin u bilan yangi shartnoma tuzish yuzasidan oktyabrda muhokama qilinadi.

O‘ng qanot yarim himoyachisi: Aren Robben (Gollandiya)
Yoshi: 32
Transfer narxi: 11 mln. evro
Muqobillari: Xesus Navas, Alessio Cherchi, Daniel Kalidjiuri, Rashid Gezzal, Rikardo Kuarejma

Vaqtining yarmini gollandiyalik davolanish bilan o‘tkazadi, bunga hamma ko‘nikib ham qoldi. Lekin yaxshi formada bo‘lganda – o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi o‘yinchisidir. “Bavariya” shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Agar myunxenliklar rahbariyati deyarli bir yildan bo‘yon Riberini tuzalishini kutayotgan ekan, Robbenning jarohati bitishini ham kutishga sabri chidaydi. Futbolchining o‘zi ham shartnomani uzaytirishdan manfaatdordek ko‘rinadi, lekin voqealar rivoji qanday davom etishini bilmaysiz.

Xesus Navasni yozda somoqchi bo‘lishgan edi, lekin bu amalga oshmadi, shuning uchun uni o‘yinchi almashtirish yo‘li bilan foydalanishmoqda. Qayta safga qaytgan Cherchi uchun boshqa jamoaga o‘tish bo‘yicha bu oxirgi imkoniyat, lekin umuman olganda «Atletiko» italiyalik bilan xayrlashishni istamaydi. «Volfsburg» ushbu mavsumni juda bo‘sh o‘tkazmoqda, shuning uchun Kalidjiuri boshqa kuchliroq klubni tanlashi mumkin. «Lion» tarbiyalanuvchisi Gezzal unchalik samarador emas xuddi o‘tgan mavsum kabi, lekin aljirlikning salohiyati aqlni ozdiradigan darajada yuqori. Desert uchun «Beshiktosh» dan Kuarejma erkin agent sifatida bo‘shashi mumkin.

Hujumkor yarim himoyachi: Yaya Ture (Kot'd'Ivuar)
Yoshi: 33
Transfer narxi: 12 mln. evro
Muqobillari: Keysuke Xonda, Ku Chja Xvol, Aleks, Stiven Ayrlend

Ture va Selyuk Gvardiola bilan baqirishib tortishishdi. Qayta ko‘rib chiqish uchun uch oy etarli bo‘ldi. Endi Ture yangi rolni ijro etishga rozi va o‘zining nimaga qodirligini isbotlashga harakat qilmoqda. Pep faxriyning o‘yinidan minnatdor va u bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokara boshlashga tayyor. Haqiqatda esa tushunarsiz, katta yangi loyihalar qurayotgan klubga yosh bo‘lmagan janjalkash futbolchi nima uchun kerak.

Xonda «Milan» da o‘zini tutib keta olmadi. Montellaga u kerak emas, shuning uchun italiyaliklar qishda Keysukeni sotib yuborishga harakat qilishmoqda. Yana bir osiyolik, koreys Ku Chja Xvol «Augsburg» da ushbu mavsum o‘zini yo‘qotdi. Shuning uchun klubi u bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Eks-spartakchi Aleksning yoshi 34 da, lekin «Internasonal» dan ketganidan so‘ng u bilan qiziqish mumkin. Ayrlend bu mavsumda “Stok siti” ning balansidagi jonsiz vaznga aylandi.

Chap qanot yarim himoyachisi: Tayson (Braziliya)
Yoshi: 28
Transfer narxi: 13 mln. evro
Muqobillari: Erik Maksim Chupo-Moting, Pol Jorjes Ntep, Ibragim Afellay

“Shaxtyor” ning oxirgi iqtidorlaridan biri, donesk klubining saqlab qola olishi dargumon bo‘lgan futbolchi. Taysonga Ukraina terma jamoasida o‘ynashni ham taklif qilishdi, xavbek esa Braziliya terma jamoasidan chaqiruvni kutdi. Hozir mazkur yarim himoyachiga Rossiya, Xitoy va Germaniya klublari qiziqishmoqda. “Internasonal” ham uni qaytarishga qarshi emas, lekin Tayson braziliyaning ikkinchi ligasida o‘ynashga rozi bo‘lmaydi.

Chupo-Moting «Shalke» ning asosiy etakchilaridan biri, balki klub tomonidan yangi shartnoma taklif qilinishi mumkin, ayonki Afrika kubogi musobaqasidan keyin. Pol Jorjes Ntep “Bavariya”ning qiziqishini jalb qilmoqda, balki bu haqiqat emasdir, myunxenliklar “Renn” ning yarim himoyachisiga qiziqayotganligi. Afellay aprel oyidayoq shikastlandi, shundan bo‘yon maydonga tushgani yo‘q. “Stok siti” kelajakdagi rejalari bo‘yicha uni hisobga kiritadimi yo yo‘qmi – bu hali ma’lum emas.

Hujumchi: Zlatan Ibragimovich (Shvesiya)
Yoshi: 35
Transfer narxi: 12 mln. evro
Muqobillari: Saido Beraxino, Fernando Torres, Mario Balotelli, Salomon Kalu, Rodrigo Palasio

Zlatan Angliyada ham o‘z imkoniyatlarini ishga solmoqda va o‘zini ko‘rsatmoqda. Shvedning agenti Mino Rayolaning ma’lum qilishicha hujumchining «MYu» da qolishi dargumon. Birinchidan, amaldagi shartnomada uni bir yilga uzaytirish mumkinligi haqida band bor, ikkinchidan Zlatan APL da g‘alaba qozonishdan umidvor. Boshqa savol – u bunga erishishi uchun har jihatdan eng mos klubni tanladimi.

Og‘ir mavsumdan so‘ng Beraxino atrofida jarohatlar to‘xtamadi, bu jarohatlar uni safdan chiqardi. Sentyabr oyidan bo‘yon hujumchi davolanish bilan band. Torres raqobatda Gameyrodan yengildi, bundan keyin u klubni almashtirsa yomon bo‘lmasdi. Balotelli “Nissa” da futbolga qaytdi, lekin u erda ushlanib turishi dargumon. Kalu «Gerta» da qolishi mumkin, agar qariguncha pul ishlab qolish kerakligi haqida o‘ylamasa. Palasio qo‘rqmasdan chemodanini yig‘ishtirishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibragimovich, Robben va yana 9 nafar yulduzlar, yozda ishsiz qolishi mumkin