"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar kelajakda vataniga qaytishi mumkinligini istisno etmadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Kataloniyaliklar klubiga 2013 yilda Braziliyaning "Santos" klubidan kelib qo‘shilgan va ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan bu futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
U ta’til vaqtida "Shapekoense" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan xayriya uchrashuvida ishtirok etdi hamda "Marakana" o‘yingohida mahalliy jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Men "Flamengo" safida o‘ynashni istarmidim? Men uchun "Marakana"da muxlislarni quvontirish katta sharaf bo‘ladi. Men bu erda har kuni o‘ynashga tayyorman. "Flamengo" — men kelgusida libosini kiyib o‘ynashni istaydigan klub", degan futbolchi.
"Marakana" o‘yingohi Braziliya terma jamoasi bilan birgalikda Rio-da-Janeyrodagi "Flamengo" va "Fluminense" jamoalarining uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadion hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi