Matty Kesh yangi shartnoma imzoladi

Matty Kesh yangi shartnoma imzoladi
Aston Villa klubi himoyachi Matty Kesh bilan shartnomasini uzaytirganini rasman eʼlon qildi. Futbolchi 2029-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi kelishuvga imzo chekdi.

Matty Kesh butun faoliyatini Angliya klublarida o‘tkazgan. U 2020-yilning sentabr oyida Nottingham Forestdan Aston Villaga koʻchib oʻtgan.

Oʻsha paytdan beri u 193 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi. Qiziqarli tomoni shundaki, Matty Kesh shartnomasini Aston Villa bilan uzaytirgan kunning ertasiga Premier Liga doirasida Manchester Siti bilan boʻlgan oʻyinda gol urdi.

Birminghamliklar mazkur bahsda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar