
Barselonaning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Dro Fernandes faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alan Nikson xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Londondagi Vest Xem klubi ispaniyalik yosh isteʼdod bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Klub hozirda futbolchining narxi oshib ketmasidan foydali kelishuvga erishmoqchi, chunki Dro Fernandes allaqachon Barselonaning asosiy jamoasida debyut oʻyinlarini oʻtkazib, oʻzini koʻrsatgan.
Fernandes Barselona tarkibida ikki oʻyinda maydonga tushib, bitta samarali uzatma amalga oshirgan. Yarim himoyachining katalon klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan boʻlib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar