
Liverpul klubi hujumchi Muhammad Salahning o‘rniga kimni olib kelmoqchiligini ma’lum qildi. Fichajes manbasiga ko‘ra, Liverpul rahbariyati Nyukasl klubi yarim himoyachisi Entoni Gordonga asosiy transfer maqsadi sifatida qaramoqda.
Aytilishicha, mersisaydliklar skautlari Gordonga bir yildan ortiq vaqt davomida e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, Nyukasl rahbariyati Gordonni jamoaning muhim qismi deb hisoblab, uni past narxda qo‘yib yuborishga tayyor emas.
Entoni Gordon 2023-yildan beri Nyukasl safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda o‘nta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 65 million yevro etib baholangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar