
Barselona futbolchisi Markus Rashford "Manchester Yunayted"dagi faoliyat davrida Ule Gunar Sulshyer bilan ishlagan vaqtlarini esladi. Norvegiyalik mutaxassis "qizil iblislar" bosh murabbiyi lavozimida 2018-yil dekabridan 2021-yil noyabriga qadar faoliyat olib borgan.
"Ule – ajoyib inson. U bilan ishlash menga ham, oʻsha davrdagi "Manchester Yunayted"ning boshqa oʻyinchilariga ham juda yoqardi.
Sulshyer qoʻl ostida yaxshi futbol oʻynadik va bu davr men uchun ham muvaffaqiyatli boʻldi. U haqida biror yomon gap ayta olmayman," – dedi 27 yoshli futbolchi TV 2 Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Markus Rashford joriy yil yozida "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Barselona" klubiga ijaraga oʻtgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar