
Milan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Rafael Leau nima sababdan oʻyindan olib tashlangani haqida izoh berdi. Italiya chempionatining toʻqqizinchi turida “Atalanta”ga qarshi kechgan oʻyinda portugaliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq tanaffusda almashtirildi.
“Leau almashtirildimi? U son sohasida noqulaylik his qildi, shuning uchun almashtirildi,” — deydi Allegri jurnalist Nikolo Skira orqali.
“Atalanta” va “Milan” oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. “Rossonerilar”ning yagona golini Samuele Richchi urdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Leau barcha turnirlarda olti oʻyinda ishtirok etib, toʻrtta gol muallifiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar