“Vulverxempton” APLni tark etdi: “bo‘rilar” elita diviziondan tushdi

"Vulfhempton" jamoasi Angliya Premyer-ligasidan rasman tushib ketdi. 33-turdan keyingi natijalar "bo'rilar"ning elitada qolish imkoniyatini matematik jihatdan tugatdi. Hozirda turnir jadvalining so'nggi, 20-o'rnini egallab turgan jamoa 8 yillik uzluksiz ishtirokdan so'ng quyi ligaga yo'l oldi. Endi klub oldida tarkibni kuchaytirib, kelgusi mavsumda elitaga qaytish vazifasi turibdi.
“Vulverxempton” 2025/26 mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasida qolish imkoniyatini to‘liq yo‘qotdi. Jamoa rasman elita divizion bilan xayrlashadigan bo‘ldi va bu qaror matematik jihatdan ham tasdiqlandi.
33-tur doirasida "Kristal Pelas" va "Vest Xem Yunayted" o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangani “bo‘rilar” uchun hal qiluvchi nuqta bo‘ldi. Shu natijadan keyin jamoa rasman APLda qolish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Hozirgi holatga ko‘ra, “Vulverxempton” 33 o‘yinda jami 17 ochko to‘plab, turnir jadvalining oxirgi — 20-pog‘onasini egallab turibdi. Bu ko‘rsatkich jamoa uchun mavsum davomidagi muammolar va barqarorlik yetishmasligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Qayd etish joiz, klub so‘nggi 8 mavsum davomida uzluksiz ravishda Angliya Premyer-ligasida ishtirok etib kelayotgan edi. Bu davr ichida jamoa bir necha bor kutilmagan natijalar va kuchli o‘yinlar namoyish etgan bo‘lsa-da, bu mavsumdagi natijalar yetarli bo‘lmadi.
Endi “bo‘rilar” uchun yangi bosqich boshlanadi. Klub oldida qayta tiklanish, tarkibni kuchaytirish va kelgusi mavsumda yana elitaga qaytish vazifasi turibdi.































Izohlar 0
…