
“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning hujumchisi Santyago Ximenesning Italiya A Seriyasidagi gol urishdagi qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi. 24 yoshli meksikalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada hali birorta ham gol urmagan.
“Ximenes xotirjam bo‘lishi kerak. Men uning o‘yinidan mamnunman, gollar albatta keladi”, — dedi Allegri jurnalist Nikolo Skiraga.
Ximenes bu mavsum A Seriyada to‘qqizta o‘yinda qatnashib, bir marta golli pas uzatishga erishgan. Shuningdek, mamlakat Kubogida ikki o‘yinda bir gol va bir golli pas amalga oshirgan.
2-noyabr kuni “Milan” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qiladi. A Seriyaning 10-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 01:45 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar