Real futbolchisi de Bryuyne oʻrnini egallashi mumkin

Real futbolchisi de Bryuyne oʻrnini egallashi mumkin
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos "Napoli"ning transfer roʻyxatidan joy oldi. Italiya chempionlari belgiyalik yulduzi Kevin de Bryuyneni jarohati sabab uzoq vaqtga yoʻqotishdi.

Sky Sports xabariga koʻra, "Napoli" de Bryuynega oʻrinbosar sifatida Sebalosni koʻrib chiqmoqda. Transfer qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

29 yoshli ispan futbolchisi joriy mavsumda "Real" tarkibida barcha musobaqalarda sakkizta oʻyinda maydonga tushgan, lekin samarali harakatlari bilan ajralib turmagan. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, Sebalosning transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar