
“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani klub bilan 2028/2029 mavsumining oxirigacha amalda boʻladigan shartnoma imzolagan. Bild nashrining xabariga koʻra, belgiyalik mutaxassisning mehnat shartnomasida sotib olish opsiyasi koʻzda tutilmagan.
Biroq shartnomada turli yutuqlar uchun bonuslar belgilangan. Masalan, agar “Bavariya” Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonsa, Kompani 1 million yevro miqdorida bonus oladi.
2025/2026 mavsumida “Bavariya” oʻzining barcha 13 ta oʻyinida gʻalaba qozonib, 33 yil avval “Milan” tomonidan oʻrnatilgan rekordni takrorlagan edi. Shuni taʼkidlash joizki, “Bavariya” oʻz tarixida Chempionlar Ligasini 6 marta qoʻlga kiritgan.
Soʻnggi bor bu yutuqqa klub 2020 yilda erishgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar