date

Kompani “Real”ga qarshi javob o‘yiniga ishonch bildirmoqda

Kompani “Real”ga qarshi javob o‘yiniga ishonch bildirmoqda

Vensan Kompani rahbarligidagi “Bavariya” jamoasi Madridning "Real Madrid" klubiga qarshi UEFA Chempionlar ligasi chorakfinali javob uchrashuvi oldidan yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Birinchi bellashuvda nemis grand jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim ustunlikka ega bo‘lgan edi.

Kompani javob o‘yini oldidan fikr bildirib, barcha futbolchilar maydonga tushish imkoniga ega bo‘lishini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa bu bellashuvni intiqlik bilan kutmoqda va asosiy maqsad — g‘alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlash.

Murabbiy raqibni hurmat qilish kerakligini qayd etgan holda, jamoa o‘yinga ishonch bilan kirishi shart ekanini alohida urg‘uladi. Uning fikricha, “Bavariya” maydonga faqat g‘alaba uchun chiqishi lozim.

Birinchi uchrashuv tahliliga to‘xtalgan Kompani, imkoniyatlardan to‘liq foydalanilsa, hisob yana-da yirik bo‘lishi mumkinligini aytdi. Ikkinchi bo‘limda "Real Madrid" o‘yinni kuchaytirib, ustunlikni oshirgani va bu ularga ishonch bergani taʼkidlandi.

Shu bilan birga, birinchi taymda “Bavariya” jamoasi juda yaxshi o‘ynagani, yana-da yuqori darajada harakat qilish imkoniyati mavjud ekani qayd etildi. Kompani fikricha, jamoa potensiali ancha yuqori.

U yana Santyago Bernabeu stadionida qo‘lga kiritilgan g‘alaba jamoaga qo‘shimcha ishonch berganini, ammo bu yetarli emasligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, javob uchrashuvida undan ham kuchliroq o‘yin ko‘rsatish zarur.

- «Santyago Bernabeu»dagi g‘alaba bizga ishonch berdi, ammo endi uyda undanda yaxshiroq o‘ynashga qodirligimizni isbotlashimiz kerak, — deya Kompani.

UYEFA rasmiy sayti keltirgan bayonotda Kompani jamoa o‘z darajasini yana-da oshirishi va yarim finalga yo‘l olish uchun maksimal kuch bilan harakat qilishi kerakligini alohida taʼkidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani “Real”ga qarshi javob o‘yiniga ishonch bildirmoqda