date

Tottenhem Miki van de Ven uchun narx belgiladi

Tottenhem Miki van de Ven uchun narx belgiladi
Londonning "Tottenhem" klubi niderlandiyalik himoyachi Miki van de Venni qaysi narxda sotishga tayyor ekani maʼlum boʻldi. Fichajes nashriga koʻra, 24 yoshli futbolchining narxi 100 million yevro atrofida baholanmoqda.

Himoyachiga "Real", "Liverpul" va "Bavariya" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Ushbu yuqori narx futbolchining 2029 yilgacha amal qiluvchi uzoq muddatli shartnomasi bilan bogʻliq.

Joriy mavsumda van de Ven "Tottenhem" safida barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, raqib darvozasini besh marta ishgʻol qilgan. Transfermarkt portaliga koʻra, van de Vennning joriy bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tottenhem Miki van de Ven uchun narx belgiladi