
Barselona yarim himoyachisi Pedri sonidan jarohat olib, jamoaning yaqin oradagi uchrashuvlarini oʻtkazib yuboradi. Kataloniya klubi 22 yoshli futbolchining jarohati haqida xabar bergan boʻlsa-da, uning tiklanish muddati haqida rasmiy maʼlumot bermadi.
Ispaniyaning nashrlari, jumladan AS gazetasining xabariga koʻra, Pedri uch hafta maydonga tusha olmaydi. U noyabr oyidagi terma jamoalar oʻyinlari uchun tanaffusdan soʻng qaytishi kutilmoqda.
Tanaffusga qadar Barselona uchta oʻyin oʻtkazadi: Elche (2-noyabr, La Liga), Bryugge (5-noyabr, Chempionlar Ligasi) va Celta (9-noyabr, La Liga). Hozirda Barselona Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Real esa oʻn turdan soʻng Barselonadan besh ochko koʻp toʻplagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar