date

Chelsi yangi himoyachi sotib olmoqchi

Chelsi yangi himoyachi sotib olmoqchi
Londonning "Chelsi" futbol klubi himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida yangi markaziy himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, bosh murabbiy Entso Mareska uchun yangi himoyachini transfer qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu bilan birga, "koʻklar" uzoq muddatli rejalariga kirmaydigan Trevo Chalobani sotishga tayyor.

2025/26-yilgi mavsumda Chaloba barcha musobaqalarni hisobga olganda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 26 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha moʻljallangan.

Transfermarkt portali Chalobaning qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chelsi yangi himoyachi sotib olmoqchi