
Sobiq "Real" futbolchisi Toni Kroos joriy mavsumda "Barselona" tarkibida qaysi futbolchi etishmayotganini aytdi. Kroosning fikricha, bu yozda "Al-Nasr"ga o'tgan himoyachi Inyigo Martinezdir.
"Men avval ham aytganman, Inyigo Martinez "Barselona" uchun juda muhim edi. U himoyadan to'pni chiqazishda eng yaxshi futbolchilardan biri edi.
To'g'ri, u eng tezkor futbolchi emas, lekin birinchi pas berishda mahoratga ega. "Real"ga qarshi o'yinda Martinezning yo'qligi sezildi – jamoa raqibning pressingiga qarshi qiynaldi.
"Barselona" hali ham Inyigoga teng darajada o'rinbosar topa olmadi", – dedi Kroos Einfach mal Luppen podkastida. Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan hafta oxirida "Real"ga mezbonlik qilgan o'yinda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar