Real Vinisius bo'yicha qarorini o'zgartirmaydi

Real Madrid Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish rejasini o'zgartirmoqchi emas. Futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonso tomonidan yetarlicha qadrlanmayotganini his qilayotgani aytilmoqda. Shunga qaramay, klub hujumchi bilan 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolashni kutmoqda. Vinisiusning agentlari va Real Madrid o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, klub esa bu borada ijobiy kayfiyatda.

Real Madrid klubi hujumchisi Vinisius Junior bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlari unchalik yaxshi emas. Ispan matbuotining xabar berishicha, Vinisius Alonso tomonidan yetarlicha qadrlanmayotganini his qilmoqda.
Shunga qaramay, klub braziliyalik futbolchi bo'yicha o'z rejalarini o'zgartirmoqchi emas. Real Vinisius bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
Madrid klubi rejasiga ko'ra, hujumchi bilan 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi mehnat shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
Vinisiusning agentlari va klub o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, va Real bu borada ijobiy kayfiyatda.































Izohlar 0
…