
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu joriy lavozimda ishlash tajribasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ruminiyalik mutaxassis iyun oyida Simone Indzagini almashtirib, klub boshqargan edi.
"Top-klubda ishlash qanday his? Oʻzim haqimda gapirishni unchalik yoqtirmayman.
Dastlab juda hayajonlanar edim va tashvishlar ko‘p edi – ko‘plab masalalarni hal qilish kerak edi. Endi esa hammasi oʻz joyiga tushib, ish jarayonidan zavq olyapman", – dedi Kivu DAZN telekanaliga bergan intervyusida "Fiorentina" ustidan 3:0 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng.
"Neradzurri" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 9 turdan keyin 18 ochko bilan uchinchi oʻrinni egallab turibdi va yetakchi "Napoli"dan uch ochko ortda qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar