date

Chalxanogʻlu: Interning maqsadi ulugʻvor


Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Hakan Chalxanogʻlu joriy mavsumdagi jamoa maqsadlari haqida gapirdi. Chorshanba kuni "neradzurrilar" A Seriyasi doirasida oʻz maydonida "Fiorentina" ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Turkiyalik futbolchi mazkur uchrashuvda dubl muallifi boʻldi. "Bizning maqsadlarimiz?

Barchaga maʼlumki, klubimizda doim eng yuqori marralar qoʻyiladi. Biz "Inter" uchun kurashmoqchimiz.

Jamoamiz murakkab yoz mavsumidan va Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin eng yaxshisiga loyiq. Kivu bizga psixologik jihatdan juda katta yordam berdi – jamoamiz kuchli va yaxshi tashkil etilgan.

Barcha qiyinchiliklarni yengib oʻtishda intizom yetarli boʻldi", – dedi Chalxanogʻlu Sky Sportga bergan intervyusida. "Inter" A Seriyasi turnir jadvalida toʻqqiz turdan soʻng uchinchi oʻrinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chalxanogʻlu: Interning maqsadi ulugʻvor