date

Manchester Yunayted shved iqtidorini sotib olishi mumkin

Manchester Yunayted shved iqtidorini sotib olishi mumkin
16 yoshli shved iqtidorli futbolchisi Kevin Filling faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, shvetsiyalik yosh hujumchining transferi uchun "Manchester Yunayted" klubi taxminan uch million yevro to‘lashga tayyor. Biroq, futbolchini qo‘lga kiritish borasida "qizil iblislar"ga Germaniya Bundesligasidan bir nechta jamoalar raqobat qilmoqda.

Ayni damda Ruben Amorim boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" klubi Angliya Premer-ligasining to‘qqiz turidan so‘ng 16 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted shved iqtidorini sotib olishi mumkin